Tahririyat kengashi
Tahririyat kengashi jurnalning ilmiy sifati, taqriz jarayonining xolisligi va nashr etikasiga rioya etilishi uchun javob beradi.
Tarkib va vakolatlar
- Bosh muharrir — Ozodbek Nematov. Jurnalning ilmiy yo'nalishini belgilaydi, maqolalarni nashrga qabul qilish yoki rad etish bo'yicha yakuniy qarorni qabul qiladi.
- Bosh muharrir o'rinbosari — taqriz jarayonini muvofiqlashtiradi, taqrizchilarni tayinlaydi.
- Mas'ul kotib — Hasan Olimjonov. Mualliflar bilan aloqa, maqolalarni dastlabki tekshirish, sonlarni shakllantirish.
- Tahrir hay'ati a'zolari — tegishli yo'nalishlar bo'yicha yetakchi olimlar; maqolalarni taqrizlaydi va jurnal siyosatini ishlab chiqishda qatnashadi.
Tahririyat a'zolariga qo'yiladigan talablar
- Fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi;
- So'nggi 5 yilda nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar;
- Xalqaro nashr etikasi (COPE) tamoyillariga rioya qilish majburiyati.
Tahririyat kengashiga a'zo bo'lish yoki taqrizchi sifatida hamkorlik qilish istagida bo'lsangiz, info@supportresult.uz manziliga murojaat qiling.